Home Jurnalistik surishtiruv Dron tadbiri

Dron tadbiri

0

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2444-moddasida, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanganlik uchun javobgarlikka belgilangan.

Sudlanuchi B.Sattorov (ism-sharifi oʻzgartirilgan) 2021-yil 7-iyun kuni soat 16:30larda “Novosibirsk-Fargʻona” yoʻnalishi boʻyicha qatnovchi S7777-sonli aviareys bilan Fargʻona xalqaro aeroportiga uchib kaladi, u chegara nazoratidan oʻtib, “Fargʻona aeroporti” chegara bojxona postining “Yashil” yoʻlagi orqali harakatlanib bojxona posti xodimlarida shubha uygʻotadi, shunda bojxona xodimlari B.Sattorovning qoʻl yuklarini bojxona nazoratidan oʻtkazishni talab qilib, tekshirishganida bir dona “ARCTIC FOX” rusumli uchuvchisiz uchadigan qurilma (dron) va uning ehtiyot qismlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatmasdan qonunga xilof ravishda olib kirayotgani aniqlanadi, bu holat yuzasidan xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli organlar tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatiladi.

Voqeaga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, B.Sattorov bu harakati jinoyat ekanligini bilaturib, yashirin ravishda droni olib kirish mumkin degan hom xayollarga uchib, jinoyat koʻchasiga kirib qolishi achinarli holatdir.

Sud B.Sattorovning sodir qilgan jinoyatini Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2444-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topib, unga yengillik qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) baravar, yaʼni 12.250.000 (oʻn ikki million ikki yuz ellik ming) soʻm jarima jazosi tayinlaydi hamda olib kirmoqchi boʻlgan dron apparatini davlat foydasiga musodara qiladi.

Feruza Siddikova, Fargʻona viloyat sudining sudyasi

Previous articleTayinlov
Next articleOʻzbekiston elchixonasi Qozogʻiston TIVga nota yubordi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here