Home Jurnalistik surishtiruv “Sud va yoshlar”

“Sud va yoshlar”

0

Fargʻona viloyat sudi binosida viloyat sudyalari ishtirokida “Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish” mavzusida Ichki ishlar vazirligi Fargʻona Akademik litseyi oʻquvchilariga “Ochiq dars” oʻtkazildi.

Ochiq darsda, sudyalar oʻquvchilarga oʻgʻil va qiz bolalar ayni bir xil jismoniy va aqliy hamda ijtimoiy ehtiyojlarga ega boʻlishlari, oʻgʻil bolalar ham, qiz bolalar ham oʻqib-oʻrganishga nisbatan bir xil qobiliyat-salohiyatga egaligi, ijtimoiy ehtiyojlarga ega boʻlishlari, oʻgʻil bolalar ham, oʻgʻil bolalar va qizlar mehr-muhabbat, alohida diqqat-eʼtibor va maʼnaviy madadga bir xil darajada muhtoj boʻlishlari, jismoniy jazolash, bolaga nisbatan qahr-gʻazab bilan munosabatda boʻlish ularning oʻsib-ulgʻayishi va kamolotiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, qahr-gʻazab bilan jazolangan bolalar keyinchalik zoʻravonlikka moyil boʻlib voyaga yetish ehtimoli oshishi, ota-ona singari oilaning boshqa aʼzolari ham bolalarni mehr bilan parvarishlashda ishtirok etishlari kerakligi haqida tushuntirishlar berildi.

Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha xodimlari tomonidan tegishli javoblarni oldilar, shuningdek sudyalar oʻz navbatida taʼlim muassasalarida ham bolalarning boʻsh vaqtiga katta eʼtibor qaratib, uning toʻgʻri taqsimlanishini yoʻlga qoʻyish, bolalarni har-xil toʻgaraklarga jalb qilish zarurligini taʼkidlab oʻtdilar.

Ochiq darsdan soʻng, sudlarni shaffofligi va ochiqligini namoyish qilish maqsadida oʻquvchilar sudyalar va sud xodimlarining ish faoliyati hamda sud muzeyi bilan tanishib chiqdilar.

Vaxobjon Siddikov,
Fargʻona viloyat sudining sudyasi

Previous articleOʻzaro hamkorlik kelajakda oʻz samarasini beradi
Next articleNavroʻz bayrami umumxalq sayillari shaklida oʻtkaziladi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here