Home Jurnalistik surishtiruv Oʻzaro hamkorlik kelajakda oʻz samarasini beradi

Oʻzaro hamkorlik kelajakda oʻz samarasini beradi

0

Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, odil sudlovni va sud tizimiga oid islohotlarni amalga oshirish sud idoralarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur vazifani amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qatorida viloyat va tuman hokimlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilari ham muhim rol oʻynaydi.

Fargʻona viloyat sudining fuqarolik sudlov hayʼati raisi hamda Fargʻona viloyat hokimining mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boshqarmasi boshligʻi tomonidan 2022-yil 1-fevralda tasdiqlangan memorandumning hududlardagi ijrosini taʼminlash hamda oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida 2022-yil 9-fevral kuni Oʻzbekiston, Beshariq va Furqat tumanlarida mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Seminar mashgʻulotlarida Fargʻona viloyat sudi raisi oʻrinbosari O.Xasanov oilaviy ajrimlarni oldini olish, nizoli oilalar oʻrtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirishda birinchi navbatda mahalla fuqarolar yigʻini raislarining oila va xotin qizlar boʻyicha maslahatchilarning roli juda muhim ekanligini taʼkidlab, oilaviy nizolarni oldini olish uchun amalga oshirishi lozim boʻlgan choralar hamda oilaviy nizolarning oʻziga xos huquqiy tomonlarini va hozirda dolzarb masalalardan biri boʻlgan korrupsiya masalasiga eʼtibor qaratib, korrupsiyaning oqibatlari seminar ishtirokchilariga yetkazildi.

Seminar mashgʻulotlari savol javoblarga boy boʻlib, tumanlardagi mahalla fuqarolar yigʻini raislarining oila va xotin qizlar boʻyicha maslahatchilar oʻz amaliyotida duch keladigan muammoli holatlar yuzasidan savollar berishdi. Fargʻona viloyat sudi raisi oʻrinbosari O.Xasanov muammoli holatlar yuzasidan berilgan savollar boʻyicha asoslantirilgan javoblar berdi.

Seminar yakunida “Chaqaloq va odam savdosi”, “Uy-joy nizolari”, “Nikoh va oila konstitutsiya va qonunlarimiz himoyasida” bukletlar va boshqa tarqatma materiallar tarqatildi.

Kelgusida mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimlari bilan sudlar oʻrtasida bu kabi tadbirlarni doimiy oʻtkazish belgilab olindi.

Qobiljon Mutaliyev, Fargʻona viloyat sudining bosh konsultanti

Previous articleTashabbuskor hokimdan yangi islohotlar ijrosi
Next article“Sud va yoshlar”

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here