Home Madaniyat Sevimli telekanalida “Sabriya” seriali boʻyicha jiddiy choralar koʻrildi

Sevimli telekanalida “Sabriya” seriali boʻyicha jiddiy choralar koʻrildi

0

20-yanvar kuni “Sevimli” telekanali taʼsischilarining umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov taklif qilindi. Yigʻilishda tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Kanal Kuzatuv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib jamoatchilik asosida F.Abduxoliqov saylandi. Taʼsischilarning qarori bilan Bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Xoʻjayev va bosh muharrir Q.Saydaliyev oʻz vazifasidan ozod etildi.Yigʻilishda shu paytga qadar OʻzEOAVMA bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan J.Safoyev kanal bosh direktori vazifasiga tayinlandi. Yigʻilishda soʻzga chiqqan, F.Abuxoliqov, kanal efiriga uzatilgan “Sabriya” serialini badiiy saviyasini tanqid ostiga olib, “biz telekanal muxlislari va jamoatchilikdan uzr soʻraymiz va kelgusida yangi tayinlangan bosh direktor, nafaqat seriallar, qolaversa barcha media mahsulotlarning gʻoyaviy-badiiy jihatlariga masʼul ekanligini uqtirgan holda, barcha chora- tadbirlarni ishlab chiqishi zarur”, -deb taʼkidladi kuzatuv kengashi rahbari.

Previous articleOʻzbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov milliy seriallar boʻyicha izoh berdi
Next article“Oq qadahli” xonimlar (Maqola)

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here