Home O'zbekiston Oʻtgan yili xorijdan qancha oʻzbekistonlik jasadi olib kelingani ochiqlandi

Oʻtgan yili xorijdan qancha oʻzbekistonlik jasadi olib kelingani ochiqlandi

0


Xabar berilishicha, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻtgan bir yillik faoliyatiga oid maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 8 ming 811 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 295 ming 102 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 283 nafariga ijtimoiy yordam, 13 ming 424 nafariga moddiy yordam koʻrsatildi;

– 7 ming 534 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi.

– 358 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.

– Xorijda vafot etgan 518 nafar fuqaro jasadi olib kelindi.

– 321 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.

– Ogʻir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.

Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan toʻlanmay turgan qariyb 984,1 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.

Previous articleRossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Jo Baydenning baland ovozdagi bayonotlariga munosabat bildirdi
Next articleOʻzbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov milliy seriallar boʻyicha izoh berdi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here