Home Jurnalistik surishtiruv “Yangi O’zbekiston” ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o’rni

“Yangi O’zbekiston” ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o’rni

0

“Yangi O’zbekiston” ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o’rni
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo’lib yetishi bilan bog’liq. Bizning asosiy vazifamiz yoshlarning o’z salohiyatini namoyon qilish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat” O’zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Yoshlar har qanday jamiyatning buguni va ertasidir. Tom ma’noda aytganda, biz yoshlar O’zbekistonning eng katta boyligi hamda bebaho xazinasi hisoblanamiz. Shu ma’noda O’zbekistonda yoshlar davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Mamlakatimizda bizning huquq manfaatlarimizni himoya qilish, zarur shart-sharoitlar yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan bo’lib, bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun qabul qilingan bo’lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan. Bunga misol qilib Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 14-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonunini hamda 2017-yil 23-iyunda imzolagan “Yoshlar kelajagimiz davlat dasturi tog’risida”gi farmonini keltirishimiz mumkin.

O’zbekiston aholisining qariyb 64 foizini yoshlar ya’ni, 30 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, mehnat resurslarining yarmidan ko’pi yoshlardir. Ayni damda har uch rahbardan biri ham yoshlar hisoblanadi. Buning isbotini esa Oliy Majlis Senati huzurida tashkil etilgan Yoshlar parlamenti, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati o’rniga tashkil qilingan “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” hamda endi unga yangi tarkib sifatida qo’shilgan “Yoshlar ishlari” agentligi misolida ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda yoshlarni rahbarlikka tayyorlash maqsadida ularning tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun sharoitlar yaratilib, ularni turli zararli illatlar ta’siridan himoya qilish hamda huquqbuzarlikning oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etish maqsadida “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturi doirasida “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” qoshida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg’armasi tuzildi. Yoshlar biznes tashabbuslarini start-up g’oya va loyihalarini amalga oshirishlari uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz miqdorda imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari ko’rsatish hamda dastur doirasida “Yosh tadbirkorlar” coworking markazlari tashkil qilindi. Yangi O’zbekistonning ma’rifatli jamiyatini yaratishda barcha o’zgarishlarning negizi hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta’lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti umumiy qiymatining yarmidan ko’prog’ini tashkil etmoqda. E’tibor berib qaraydigan bo’lsak, yangi ochilayotgan va ochilgan davlat tashkilotlari hamda xususiy tashkilotlarda rahbarlik yoxud shu kabi lavozimlarni biz kabi yoshlar egallab turibdi. Shu o’rinda aytish joizki, o’zim ham shu yoshlar qatorida bo’lib endigina 1-kurs talabasi bo’lishimga qaramay, o’z soham ya’ni jurnalistika sohasi bo’yicha faoliyatimni boshladim. “Guruch kurmaksiz bo’lmaydi” deganlaridek, hamma yoshlar ham yaratib berilayotgan sharoitlarga munosib javob qaytarayotgani yo’q. Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning hech bir iloji yo’q. Zimdan e’tibor bersak, internet kafelariga serqatnov yoshlar (ayniqsa o’smirlar ) u yerga borishib har xil buzg’unchi g’oyalar ruhidagi ur-sur, o’ldir-yondir kompyuter o’yinlarini o’ynayotganligi, tuturiqsiz narsalar bilan vaqtlarini besamar o’tkazayotganligiga guvohi bo’lyapmiz. Qisqacha qilib aytganda, ko’plab yoshlar “igromaniya” ya’ni kompyuterdan o’rin olgan turli xil o’yinlarga mukkasidan ketish kasalligiga chalingan. Bundan tashqari yoshlar o’rtasida spirtli ichimlik, tamaki va giyohvand moddalarini iste’mol qilib unga ruju qo’yganlarning soni ham oz emas. Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlarga va har xil “date” tanishuv chatlariga bog’lanib qolmasligi maqsadida ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va hozirgi kunda ommalashib borayotgan IT sohasini samarali o’rganishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berish zarur.

Xulosa o’rnida, agar jahondagi rivojlangan mamalakatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularda jamiyat hayotini o’zgartirishga qaratilgan islohotlar, avvalo, yoshlar ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanganini ko’ramiz. Ta’lim va tarbiyaning asos hamda poydevori bu maktabdir. Shu jihatdan maktablardagi ta’lim sifati zamon talablariga mos ravishda oshirib borilmoqda. Shu bois O’zbekiston jamiyatining faol qatlami sifatida e’tirof etiluvchi yoshlar qatlamiga “muammo” deb emas, balki yurt ravnaqini ta’minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqada. Axir, Yangi O’zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratish biz yoshlarning qo’limizda emasmi?

A’loxon Abdazova

TAFTISH UZ maxsus muxbiri

Previous articleFIFA Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati chiptalari narxini e’lon qildi
Next articleRossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Jo Baydenning baland ovozdagi bayonotlariga munosabat bildirdi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here