Xabar berilishicha, chet ellik muxlislar uchun chiptaning minimal narxi 69 dollar etib belgilanmoqda. Qatarlik muxlislar uchun esa 11 dollar. Bu avvalgi jahon chempionatidagi narxdan ikki baravar arzondir. Ta’kidlanishicha, bu narxlar 1986-yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatidan beri eng arzoni hisoblandi. Ma’lumot uchun, JCH-2022 21-noyabrdan 18-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Turnirda ishtirok etuvchi 13 ta jamoa allaqachon aniqlangan. Chempionatga saralashning so‘nggi bosqichi joriy yilning iyun oyida yakunlanadi. Eslatib o‘tamiz, 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan chempionatda chipta narxi 105 dollar bo‘lgan.