2022-yil 19-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 209578 (+1307) nafarni tashkil etmoqda. Bu yangi antirekorddir. Avvalgi rekord kecha, 18-yanvar kuni qayd etilgandi.
Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
39 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
31 nafari Andijon viloyatida,
31 nafari Buxoro viloyatida,
51 nafari Jizzax viloyatida,
19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
12 nafari Navoiy viloyatida,
55 nafari Namangan viloyatida,
43 nafari Samarqand viloyatida,
20 nafari Sirdaryo viloyatida,
34 nafari Surxondaryo viloyatida,
157 nafari Fargʻona viloyatida,
53 nafari Xorazm viloyatida,
194 nafari Toshkent viloyatida,
568 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1529 nafarni tashkil qildi.