Home Jahon Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi turish uchun Ukrainaga qurol yarog’ yubordi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi turish uchun Ukrainaga qurol yarog’ yubordi

0

Xabar berilishicha, Rossiya Ukarina chegarasida 100 000 dan ortiq qo‘shin to‘plashi ortidan Buyuk Britaniya Ukrainani qisqa masofadan hujum qilishga mo‘ljallangan anti-tank artilleriyalari bilan ta’nimlamoqda. Bu haqda bugun, 18 yanvar kuni Britaniya Mudofaa kotibi ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Mudofaa kotibi Ben Uollesga ko‘ra, kichik otryadlardan iborat ingliz armiyasi qo‘shinlari harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Ukrainaga yuborilmoqda.

Uning bildirishicha, “Rossiya tomonidan Ukrainaga tug‘dirilayotgan xavfning ehtimoliylik darajasi ortmoqda va bunday vaziyatda Ukarinani yolg‘iz qo‘ymaslik ham hamkorlik, ham qonuniy shartnomalar tamoyiliga muvofiq hisoblanadi”.

Rossiya G‘arbning xavotirli bayonotlariga javoban, Ukrainaga hujum qilmasligini ma’lum qilmoqda.

Britaniya Mudofaa kotibi Ben Uolles, G‘arb Ukrainaga mudofaa sohasida asosiy yordamdan tashqari, qo‘shimcha yordamlarni ham ko‘rsatishini bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, 2014 yil Qrimning Rossiya qo‘liga o‘tishi ortidan 2015 yildan boshlab Birlashgan Qirollik harbiylari Ukrainada tinimsiz mashg‘ulot va treninglar o‘tkazib kelishmoqda. Qrim anneksiyasidan keyin Britaniya Ukrainada mamlakat harbiy flotini qayta tashkil etishda yaqindan yordam bergan.

Britaniya Mudofaa kotibiyatining ochiqlashicha, kecha, 17 yanvar kuni Ukrainaga zirhli harbiy transportlarga qarshi yengil qurol-yarog‘larning birinchi partiyasi yuborilgan. Ammo, kotib jo‘natilgan qurollar aynan qanday turdagi ekani haqida hech qanday ma’lumotni oshkor qilmagan.

“Ukarina to‘laqonli o‘zining xavfsizligini ta’minlash huquqiga ega, bu yo‘lda ularga kecha biz birinchi partiyasini yuborgan qurol-yarog‘lar yaqindan ko‘maklashadi. Ochig‘ini aytaman, bu qurollar yaqindan hujum qilishga mo‘ljallagan bo‘lib, Rossiya uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Ular strategik qurol emas, Ukraina ulardan o‘zini himoya qilish uchun foydalanadi”, degan Mudofa kotibi Uolles Britaniya Parlamentida qilgan nutqida.

Yana uning qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiya Ukrainadagi vaziyatni izdan chiqarishga urinadigan bo‘lsa, G‘arb unga qarshi “yangi” sanksiyalar paketini tayyorlab qo‘ygan.

Previous articleIqtisodiy sudlar tomonidan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish
Next articleShartnoma intizomini buzish oqibati yoxud xorijiy kompaniyaga qimmatga tushgan shartnoma

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here