“UzAuto Motors” ning xabar berishicha endilikda vaqtinchalik Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari magnitolasiz chiqariladi.
Qayd etilishicha, mikrosxemalar yetishmovchiligi UzAuto Motors kompaniyasi uchun yagona bo‘lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi “Humax” korxonasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani yetkazib berishni noma’lum muddatga to‘xtatgan.
“COVID-19 sababli yarimo‘tkazgichlarga talab keskin ortdi. Bu esa, o‘z navbatida, hozirgi integral mikrosxemalarning yetishmovchiligiga olib keldi. UzAuto talabini bajarish uchun biz imkon qadar hamma narsani qilyapmiz. Biroq biz bu global vaziyatni, muammoni o‘zimiz hal qila olmaymiz. Integral mikrosxemalar tanqisligi natijasida yuzaga kelgan inqirozning zararini minimallashtirish uchun Humax Automotive kompaniyasining barcha xodimlari ushbu vaziyatni yaxshilash hamda xabardorlikni oshirish uchun kundalik ishlarga jalb qilingan. Biz barcha mavjud vositalar va resurslardan yechim izlayapmiz”, deyilgan Humax Automotive xabarida.
Home O'zbekiston “UzAuto Motors” ning xabar berishicha endilikda vaqtinchalik avtomobillar magnitolasiz chiqariladi. Qaysi avtomobillar?