Home Jahon O’zbekistonda “Roma” klubi akademiyasi ochilishi mumkin

O’zbekistonda “Roma” klubi akademiyasi ochilishi mumkin

0

O‘zbekistonda “Roma” klubi akademiyasi ochilishi mumkin. Bu haqda kecha, 18 yanvar kuni O‘FA rahbariyati va Italiyaning “Roma” klubi vakili Karlos Perez o‘rtasidagi uchrashuvda aytib o‘tilgan.

Uchrashuvda O‘FA vakillari O‘zbekistonda “Roma” klubi akademiyasini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish borasida fikr bildirishgan.

“Shuningdek, o‘zbekistonlik iqtidorli futbolchilar hamda murabbiylarni Italiyada malaka oshirish va tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Yevropada mavqei yuqori hisoblangan “Roma” klubining marketing tizimini o‘rganib chiqib, O‘zbekistonda tatbiq etish taklifi ilgari surildi”, – deyiladi O‘FA xabarida.

Bundan tashqari, uchrashuvda Eldor Shomurodov kabi yetakchi futbolchilarimizning xorijiy klublardagi faoliyatiga oid maxsus filmlar tasvirga olish kerakligi, bu esa yosh futbolchilarning motivatsiyasini oshirish, o‘z ustida ishlash, professionallikka intilish, irodali bo‘lib yetishishlariga turtki bo‘lishi mumkinligi taʼkidlandi.

O‘FA rahbariyati Yevropaning yetakchi chempionatlari va klublarida O‘zbekiston brendini ilgari surish bo‘yicha o‘z takliflarini ham eshittirdi. Karlos Perez kelajakda bu kabi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Previous articleDunyoning eng baland binolari 10 taligini
Next article“UzAuto Motors” ning xabar berishicha endilikda vaqtinchalik avtomobillar magnitolasiz chiqariladi. Qaysi avtomobillar?

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here