UzAning xabar berishicha, shu yilning 18-yanvar kuni fargʻonalik Mavluda Xoʻjayeva Fargʻona shahar tibbiyot birlashmasi tugʻruq boʻlimida vazni 6 kilogramm 90 gramm, boʻyi 60 santimetr boʻlgan oʻgʻil chaqaloqni dunyoga keltirdi. Maʼlumotlarga koʻra, chaqaloq 39-haftada operatsiya yordamida tugʻilgan.
Tugʻruq boʻlimi bosh shifokori Shoira Ismoilovaning aytishicha, bu onaning toʻrtinchi farzandi, u 33 yoshda. Bola onasining yonida. Fargʻonalik “Alpomish” va uning onasi sogʻlom, shifokorlar nazoratida.
Maʼlum boʻlishicha, u tugʻruq boʻlimida tugʻilgan eng vazni katta bola. Bu yerda ogʻirligi katta bolalar ilgari ham tugʻilgan, oxirgi marta 5 kilogramm vaznli yangi tugʻilgan chaqaloq tugʻilgan.
Bilasizmi, dunyoda eng katta tugʻilgan chaqaloq kanadalik Anna Beytsning farzandi. 1879-yilda dunyoga kelgan bolaning vazni 10 kg 800 gramm boʻlgan.