Home Koronavirus Koronavirus shiddati yanada kuchaymoqda

Koronavirus shiddati yanada kuchaymoqda

0

Kecha, 18-yanvar kuni O‘zbekistonda 1214 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Mamalakatda jami kasallangan soni 208271 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining:

• 31 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 28 nafari Andijon viloyatida,
• 40 nafari Buxoro viloyatida,
• 39 nafari Jizzax viloyatida,
• 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 10 nafari Navoiy viloyatida,
• 30 nafari Namangan viloyatida,
• 45 nafari Samarqand viloyatida,
• 26 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 25 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 161 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 34 nafari Xorazm viloyatida,
• 181 nafari Toshkent viloyatida,
• 542 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ta’kidlash kerakki bundan oldingi kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 16-yanvar kuni tasdiqlangan edi — bir sutkada 1037 kishida COVID-19 aniqlangan.

Kecha kun davomida:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 22 nafar,
• Andijon viloyatida 12 nafar,
• Buxoro viloyatida 30 nafar,
• Jizzax viloyatida 55 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
• Navoiy viloyatida 9 nafar,
• Namangan viloyatida 27 nafar,
• Samarqand viloyatida 34 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 10 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 9 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 24 nafar,
• Xorazm viloyatida 19 nafar,
• Toshkent viloyatida 122 nafar,
• Toshkent shahrida 254 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 200512 (+640) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1525 nafarni tashkil qildi.

Toshkentda vaksina olmagan mingdan ortiq xodim ishdan vaqtincha chetlatildi.
Mazkur chora-tadbirlar poytaxt aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan bo‘lib, barcha fuqarolardan karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.

Previous articleIndoneziya poytaxtni qayerga ko’chiradi va nima sababdan?
Next articleDunyoning eng baland binolari 10 taligini

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here