Indoneziya parlamenti koronavirus pandemiyasi tufayli toʻxtatilgan poytaxtni Jakartadan Borneo oroliga koʻchirish haqidagi qonun loyihasini maʼqulladi.
Indoneziya — 18 ming oroldan iborat dunyodagi eng katta arxipelagda joylashgan.
Tirbandlik, suv toshqini va havo ifloslanishidan aziyat chekayotgan 10 million kishilik gavjum megapolis – Jakartadan hukumatni koʻchirish rejasi turli davrda bir necha prezident tomonidan ilgari surilgan. Afsuski, hozircha buning uddasidan chiqishmagan.
Indoneziyaning yangi poytaxti, Kalimantan oroli janubi-sharqida joylashgan Nusantara shahri tarjimada “arxipelag” maʼnosini anglatadi.
Prezident Joko Vidodo 2019-yili markazni oʻzgartirish rejasini eʼlon qilgan va ayni maqsadni amalga oshirish uchun gʻaznadan qariyb 32 milliard dollar ajratilgan.