Home Madaniyat “Real” afsonasi Fransisko Xento 89 yoshida hayotdan koʻz yumdi

“Real” afsonasi Fransisko Xento 89 yoshida hayotdan koʻz yumdi

0

Ispaniyalik faxriy sobiq futbolchi 1953-1971-yillarda Madrid klubida toʻp tepgan. U jamoa tarkibida umumiy hisobda 600 oʻyinda maydonga tushib, 182 ta gol urishga erishgan.

Eʼtiborlisi, Xento Yevropa chempionlari Kubogini olti bor qoʻlga kiritgan dunyodagi yagona oʻyinchi hisoblanadi.

U shuningdek “Real” tarkibida 12 bor Ispaniya chempionatini va 2 bor Ispaniya Kubogini yutgan, shuningdek 1960-yilda Qitʼalararo Kubokka ega chiqqan.

Xento umumiy hisobda “Real” bilan 23 ta sovrin yutgan.

Previous articleDunyoning eng qimmat brendi ma’lum qilindi
Next articleTutun ichidagi go’daklar

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here