Biroz avval, Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA talqiniga koʻra futbol boʻyicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimdan soʻng, Yil futbolchisi boʻlish uchun ovozlar qanday taqsimlangani maʼlum boʻldi. Unga koʻra, Robert Levandovski 48, ikkinchi oʻrindagi Messi esa 44 ta ovoz olgan. Kuchli uchlikdagi Muhammad Salah 39, undan keyingi oʻrindagi Karim Benzema esa 30 ta ovoz toʻplagan.
Shuningdek, kuchli oʻntalikka Kante, Jorjinyo, Ronaldu, Mbappe, De Bryuyne va Neymar kirdi. 11-oʻrindagi Erling Xoland esa 7 ta ovoz olishga muvaffaq boʻlgan.
Home Jahon The Best-2021. Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun kim qancha ovoz toʻplagan?...