Home Jahon Sobiq MMA ustasi O’zbekistonda yangi biznes boshlamoqchi

Sobiq MMA ustasi O’zbekistonda yangi biznes boshlamoqchi

0

Qayd etilishicha, tarmoqning birinchi korxonasi allaqachon Moskva Siti biznes markazida ochilgan boʻlib, may oyining oxiriga qadar kompaniya poytaxtda yana 14 ta shoxobchani ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, kompaniya Markaziy federal okrugning boshqa hududlariga, shuningdek, Shimoliy Kavkazga kirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bitta muassasani ochish uchun kiritiladigan investitsiyalar miqdori esa 2-3 million rublni tashkil qiladi.

Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil oxirigacha beshta davlatda, jumladan Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarida 150 ta savdo nuqtalarini ochish kutilmoqda.

“M-eat by Khabib”, shuningdek, keyinchalik oʻz mahsulotlarini yirik chakana savdo doʻkonlarida sotishni rejalashtirmoqda.

Keltirilishicha, loyihaning umumiy qiymati, birinchi bosqichda allaqachon ochilgan restoranni hisobga olmaganda, 28 million rubldan 42 million rublgacha boʻlishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, kompaniya xorijda franchayzing modeli tarmogʻini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Previous article“Real” yetakchisi fransiya futbol tarixiga kirdi
Next articleSirdaryoda er o’z ayolini o’ldirdi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here