Home Iqtisod Andijon viloyatiga yangi “prokuror” tayinlandi

Andijon viloyatiga yangi “prokuror” tayinlandi

0


Viloyat hokimligida mutasaddi tashkilotlar hamda huquq-tartibod idoralarining rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov olib bordi.

Jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yoʻldoshev ishtirok etib, Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan natijalar yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi. qonun ustuvorligini taʼminlash borasida amalga oshirilishi muhim boʻlgan chora-tadbirlarga eʼtiborni qaratdi

Shuningdek, yigʻilishda davomida Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan Eshpoʻlatov Sirojiddin Qorshiboyevich jamoatchilikka tanishtirildi. S.Eshpoʻlatov tayinlovga qadar Namangan viloyati prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Ishtirokchilar viloyat prokuroriga ishonch bildirib, omad tiladilar.

Andijon viloyati hokimligi matbout xizmati

Previous articleIqtisodiy sudlar tomonidan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish
Next articleTo’qayev Nazarboyevning jiyanini ishdan bo’shatdi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here