Home O'zbekiston Oʻzbekiston MTJ aʼzosi koronavirusdan tuzaldi

Oʻzbekiston MTJ aʼzosi koronavirusdan tuzaldi

0

Avval xabar qilinganidek, terma jamoamiz aʼzosi Hojimat Erkinovda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan edi. Kuni kecha futbolchi qayta test topshirdi va Erkinovning bu galgi test natijasi manfiy chiqdi.

Shu tariqa uning karantindan chiqishiga ruxsat berildi. Shifokorlar koʻrigidan soʻng, Erkinov yakka tartibda yengil mashgʻulotlarga kirishgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasining qolgan aʼzolari ham navbatdagi PTSR testlarini topshirishgan. Unga koʻra, darvozabonimiz Umidjon Ergashevda test natijasi musbat koʻrsatkich bergan.
Maʼlum qilinishicha, ayni paytda futbolchi oʻzini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari koʻzga tashlanmayapti. Shu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda u yakkalangan holda karantin oʻtamoqda.

Oʻz navbatida milliy terma jamoamizning qolgan aʼzolari mashgʻulotlarda ishtirok etishmoqda.

Previous articleRossiya AQShni Moskvaning xavfsizlik kafolatlari haqidagi takliflariga javob berishga chaqirmoqda
Next articleTinch okeanida vulqon otilishidan keyin Kuril orollarida sunami xavfi e’lon qilindi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here