Home O'zbekiston Oʻzbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogida yakkalik dasturdagi ishtiroklarini yakunlashdi

Oʻzbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogida yakkalik dasturdagi ishtiroklarini yakunlashdi

0

Tbilisi shahrida qilichbozlik boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Bugun yakkalik dasturida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Musobaqada qizlarimizdan Zaynab Dayibekova, yigitlarimizdan Sherzod Mamutov medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgan edilar.

Mamutov 1/64 bosqichida rossiyalik Dmitriy Danilenko bilan bahsda 11:15 hisobida magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, Dayibekova fransiyalik Amaliya Emini 15:14 hisobida dogʻda qoldirdi. Biroq keyingi davrada italiyalik Eliza Passaroga (13:15) imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Qayd etilishicha, endi hamyurtlarimiz jamoaviy dasturda oʻz omadlarini sinab koʻrishadi.

Previous articleMakron Rossiya Federatsiyasi va AQSh o‘rtasidagi muloqotlarga izoh berdi
Next articleFacebook nega Rossiya delagatsiyasining rasmiy sahifasiga to’siq qo’ydi?

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here