Home Jahon Jakovich sudning qaroriga ko’ra Avstarliadan chiqib ketadi

Jakovich sudning qaroriga ko’ra Avstarliadan chiqib ketadi

0

Dunyoning birinchi raketkachisi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich Avstraliya Federal sudining mamlakatdan deportatsiya qilinishi haqidagi qarori haqida ochiq bayonot berdi.

“Bugungi sud majlisi yakunlari haqida qisqacha maʼlumot bermoqchiman. Endi nima boʻlganligi haqida boshqa izoh berishdan oldin dam olish va tiklanish uchun biroz vaqt ajrataman. Vizani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni sud orqali koʻrib chiqish uchun arizam rad etilganidan juda xafaman. Bu men Avstraliyada qolib, Australian Open musobaqasida qatnasha olmasligimni anglatadi. Men sud qarorini hurmat qilaman va Avstraliyadan ketishim yuzasidan tegishli organlar bilan hamkorlik qilaman. Oxirgi haftalarda barcha eʼtibor menga qaratilayotganidan biroz xijolatdaman va umid qilamanki, endi barcha eʼtiborni oʻzim yoqtirgan oʻyin va turnirga qarata olamiz. Oʻyinchilar, hakamlar, xodimlar, koʻngillilar va muxlislarga boʻlajak musobaqalarda omad tilayman”, — deya Jokovichning soʻzlarini yakunlagan Jokovich

Previous articleBrussel metrosida bir erkak yo‘lovchini relsga itarib yubordi.
Next article2021 yilda qaysi davlatlar dunyodagi eng boy davlatlar ro‘yxatiga kirdi va nima sababdan?

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here