Home Jahon Tennischi Novak Jakovich hibsga olindi.

Tennischi Novak Jakovich hibsga olindi.

0

Avvalroq, 14-yanvar kuni Novak Jokovich ishtirokida sud majlisi boʻlib oʻtgani, natijada uning ishi Avstraliya federal sudiga oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 15-yanvar kuni 34 yoshli serbiyalik tennischi federal sud arafasida hibsga olindi. Bu haqda CNN maʼlum qildi. Aksariyat kuzatuvchilar esa jahonning 1-raqamli tennischisi deport qilinishi haqida fikr bildirayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Novak Jokovichning Avstraliya ochiq chempionatidagi ishtiroki bilan bogʻliq masala haligacha hal etilmagan. Kecha, 14-yanvar kuni Jokovichning vizasi yana bekor qilindi – bu qarorni immigratsiya vaziri Aleks Xouk qabul qildi.

Sportchiga qarshi daʼvolar vizaga murojaat qilishda hujjatlar bilan bogʻliq muammolar tufayli yuzaga kelgan. Bundan tashqari serbiyalik tennischining koronavirusga qarshi emlanmaslikka ruxsat beruvchi tibbiy imtiyozi sabab oʻz homiylari bilan ham munosabatlari yomonlashdi.

Previous articleO’zbekistonliklar uchun Umra safari boshlanmoqda
Next articleNuland: Ukrainaga “Rossiya bostirib kirishi” ga qarshi AQSh18 xil javob tayyorladi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here