2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston qariyb 23 155 ta yengil avtomobil import qilgan. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.
25 ta xorijiy davlatlardan olib kelingan bu avtomobillarning qiymati 502,8 mln dollarga teng boʻlgan.
Import qilingan avtomobillar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 179 taga kamaygan.
Avtomobillar eng koʻp Xitoy (6 963) , Janubiy Koreya (5 630), Rossiya (4 167) va Qozogʻistondan (3 731) xarid qilingan.
Import qilingan mamlakatlar orasida Polsha (1 204), AQSH (479), Litva (427), Tailand (250), Germaniya (103) va Yaponiya (88) ham bor.