Home O'zbekiston Botir Zokirov tavalludining 85 yilligiga bag’ishlab anjuman o’tkazildi

Botir Zokirov tavalludining 85 yilligiga bag’ishlab anjuman o’tkazildi

0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ”Botir Zokirov ijodiy merosining milliy sanʼatimiz taraqqiyotidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Unda Botir Zokirov ijodi va merosini yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi oʻrni va ahamiyatini oʻrganish hamda uni keng targʻib etish, uning ijodiy tajribasi orqali munosib izdoshlar tarbiyalash kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida professor-oʻqituvchilar, talabalar oʻrtasida musiqa sanʼatining nazariy jihatlari keng oʻrganilib, muntazam ravishda ilmiy-nazariy konferensiyalar oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, “Botir Zokirov ijodiy merosining milliy sanʼatimiz taraqqiyotidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida talabalar tomonidan tayyorlangan maʼruzalar, xonandaning hayoti va ijodi, uning dilrabo qoʻshiqlari tahlili, qoʻshiqlarining sheʼrlar bilan hamohangligi kabi masalalarga bagʻishlangan tezislar, ilmiy maqolalar hamda ayni shu mavzuda xorijlik mutaxassislarning yozgan maqolalari oʻrin olgan kitob chop etildi.

Previous articleIxtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi bilan tanishmisiz?
Next articlePutin: “Boshqa chekinadigan joy yo‘q”

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here