Home Sud-huquq Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi bilan tanishmisiz?

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi bilan tanishmisiz?

0

Ma’lumki, intellektual mulk obyekti muhofazalangandan so’ng huquq egasi undan hech qanday cheklovlarsiz foydalanish huquqiga ega. Shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida huquq egasi intellektual mulk obyektidan foydalanishda qanday huquqlarga egaligi haqida ma’lumot berib o’tamiz.

Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1083-moddasiga koʼra patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan huquq egasi oʼz xohishicha foydalanishda alohida huquqga ega bo’lib, quyidagi huquqlar patent egasiga tegishlidir:

• muhofazalangan yechimlarni qoʼllagan holda mahsulot ishlab chiqarish,

• patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni oʼz ishlab chiqarishida qoʼllash,

• muhofazalangan yechimga ega boʼlgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish,

• tegishli mahsulotlarni chetdan keltirish huquqi patent egasiga tegishlidir.

Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas.

Patentlangan ixtironi, foydali model yoki sanoat namunasini qoʼllangan holda quyidagi harakatlarni amalga oshirish qonun buzilishi sanaladi –

• mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qoʼllash, chetdan olib kelish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʼsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlash,

• shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʼllash yoxud

• ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlash patent egasi alohida huquqining buzilishi hisoblanadi.

Boshqacha holat isbotlangunga qadar mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi va huquqbuzarlik sifatida eʼtirof etiladi.

Previous articleSardor Umurzoqov: yoshlarimiz bankka borgani qo‘rqadi
Next articleBotir Zokirov tavalludining 85 yilligiga bag’ishlab anjuman o’tkazildi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here