Pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar bugun o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbirda yana bir noqonuniy holatning oldi olindi. “Oltiariq – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro N.D. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi tezkor kuzatuvga olinib, belgilangan tartibda to‘xtatildi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada mazkur avtomashina yukxonasiga ortilgan maishiy buyumlar ostiga berkitib joylashtirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki qiymati 163,1 million so‘mlik 21 dona qutilarga joylashtirilgan 10 turdagi jami 185 033 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.