Home O'zbekiston “Odamfurushlar” har qanday jazoga loyiqdir

“Odamfurushlar” har qanday jazoga loyiqdir

0

Fuqaro N.G. 2019 yil oktyabr oyining oxirlarida BАА davlatida fuqarolar А.G., Q.L. va boshqalardan iborat uyushgan guruh oldindan jinoiy til biriktirib, odamlar savdosi bilan shugʼullanish maqsadida voyaga yetmagan U.N.ga BААning Dubay shahridagi mehmonxona yoki savdo doʼkonida yaxshi daromadli ish borligini aytib, uni qiziqtirib, aslida esa undan shahvoniy maqsadlarda foydalanishni rejalashtirgan holda oʼz hisoblaridan elektron viza hamda “Dushanbe-Shardja” yoʼnalishidagi samolyotga elektron chipta yuborib, uning Oʼzbekiston Respublikasidan chet elga chiqish uchun ruxsatnomasi yoʼqligini bila turib, “Аli” ismli shaxs orqali Qirgʼiziston Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga olib oʼtib, “Talib” ismli shaxs orqali esa uni Dushanbe shahridagi xalqaro aeroport nazorat oʼtish punktlaridan hech bir toʼsiqsiz oʼtishiga erishib, 2019 yil 13 noyabr kuni voyaga yetmagan N.U.ni BААning Shardja shahridagi aeroportda kutib olib, uni uyushgan guruh aʼzosi boʼlgan Q.L.ga topshirib, Q.L. esa uni Shardja shahridagi “Al Taven” nohiyasidagi koʼp qavatli xonadonda saqlab, unga tegishli fuqarolik pasportini olib qoʼygan holda erkini cheklab, foxishalik yoʼli bilan 16.000 АQSh dollar ishlab berishini, aks holda politsiyaga aytib qamattirib yuborish bilan majburlashning boshqa shakllarini qoʼllash orqali unga tahdid qilib, 2020 yilning 12 yanvar kuniga qadar Shardja shahridagi turli millatga mansub nomaʼlum fuqarolar bilan maʼlum bir haq evaziga jinsiy aloqada boʼlishiga majburlab, undan soʼng 2020 yil 13 yanvardan 2020 yil iyun oyi boshlariga qadar boʼlgan vaqt mobaynida G.А. guruh aʼzosi boʼlgan “Mansur” ismli bangladesh millatiga mansub fuqaroning BАА Dubay shahar “Dubay Marina” nohiyasi, “Al Shebani Building” dahasida joylashgan koʼp qavatli xonadondagi fohishaxonasida moddiy jihatdan oʼziga qaram boʼlgan voyaga yetmagan U.N.dan shahvoniy maqsadlarda foydalanib, fohishalik yoʼli bilan orttirilgan barcha pullarni uyushgan guruh aʼzolari oʼrtasida taqsimlab olib, odam savdosi hamda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish jinoyatini sodir qilgan.
Xuddi shuningdek, fuqaro S.F. ham 2019 yil mart oyining boshlarida Buxoro shahrida boʼlib turib, uyushgan guruh manfaatlarini koʼzlagan holda ular bilan oldindan jinoiy til biriktirib, odam savdosi bilan shugʼullanish maqsadida N.G. BААning Dubay shahriga yuborib, undan Dubay shahar, “Al-naxta 1” nohiyasidagi koʼp qavatli uyda joylashgan xonadonida fohishalik bilan shugʼullantirib, jinoiy yoʼl bilan topilgan barcha pullarni uyushgan guruh aʼzolari oʼrtasida taqsimlab olib, odam savdosi hamda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari boʼyicha Buxoro shahar sudida koʼrib chiqilib, sudlanuvchi N.G.ga Oʼzbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a”,“g” bandlari bilan 4 yil 2 oy muddatga, sudlanuvchi F.N.ga Oʼzbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi
3-qismi “g” bandi bilan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, har ikkala sudlanuvchilar ham sud zalidan qamoqqa olindi.

Joʼrabek Tojiev, jinoyat ishlari boʼyicha Buxoro shahar sudi sudyasi

Previous articleKim Ir Senning ukasi vafot etdi
Next articleBuyuk Britaniyaga sayohat qilishni rejalashtirayotgan yo’lovchilar uchun

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here