Home Jahon Neft narxi Saudiya Arabistoni energetika vazirining bayonotlaridan keyin tushib ketdi

Neft narxi Saudiya Arabistoni energetika vazirining bayonotlaridan keyin tushib ketdi

0

Savdo ma’lumotlariga ko’ra, seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoni energetika vaziri qazib olinadigan yoqilg’iga investitsiyalarni qisqartirish mumkinligini e’lon qilgandan so’ng, neftning jahon narxlari pasaygan.
Moskva vaqti bilan soat 7.50 holatiga koʻra, Brent markali neftning fevral fyucherslari narxi 0,4 foizga – barreliga 74,09 dollargacha, WTI uchun yanvar fyucherslari – 0,79 foizga tushib, 70,73 dollarni tashkil qildi.
Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdel Aziz bin Salmon dushanba kuni qazib olinadigan yoqilg‘iga sarmoyaning kamayishi tufayli global neft qazib olish o‘n yil oxiriga kelib 30 foizga qisqarishi mumkinligini aytdi.

Bundan tashqari, treyderlar OPEK hisobotini baholashda davom etmoqdalar. Tashkilot yana 2021-2022 yillar uchun OPEKdan tashqarida neft qazib olish prognozlarini o’zgartirmadi. Shu bilan birga, AQShda ushbu davr uchun neft qazib olish prognozi biroz oshirildi.

 

Ahmad Muhammadov

Previous article“Roma” o’z uyida g’alaba qozondi. Shomurodov maydonga tushdimi?
Next articleMakron – Orban: siyosiy raqiblar va Yevropa hamkorlari

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here