Home O'zbekiston Turk investorlari O‘zbekiston sayyohlik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor

Turk investorlari O‘zbekiston sayyohlik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor

0

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Turkiyaning Outdoor Factory kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Davlat tomonidan ko‘rilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari tufayli turizm yo‘nalishi ulkan investitsiyaviy salohiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida ushbu sohadagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi, jumladan, turk investorlari tomondan aniq loyihaviy takliflar o‘rtaga taqdim etildi. Bildirilgan g‘oya va tashabbuslar har tomonlama o‘rganildi, qo‘shimcha takliflar berildi va o‘zaro manfaatli hamkorlik mexanizmlari yuzasidan kelishib olindi.

O‘zbekiston tomoni turk tadbirkorlarining mamlakatimizda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga intilayotganligini olqishlab, loyihalarni amalga oshirishda amaliy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan loyihalarni maromiga yetkazish va ularni hayotga tatbiq etish bosqichiga o‘tish maqsadida hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Previous articleAndijonda o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi
Next articleRasman: Farg‘onadan So‘x tumaniga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here