O‘zbekistonlik shoir Belarus Yozuvchilar uyushmasining faxriy aʼzoligiga qabul qilindi

“Adabiy do‘stlik ko‘prigi” tadbirlari doirasida Minskdagi Yozuvchilar uyida o‘zbek shoiri Ismat Ko‘chiyevni Belarus Yozuvchilar uyushmasi faxriy aʼzoligiga qabul qilish marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir Belarus Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

Uchrashuv ishtirokchilari madaniyat sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, madaniyatlararo aloqalarni faollashtirish masalalarini ham muhokama qildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston-Belarus do‘stlari klubini tashkil etishga kelishildi.

Document

Welcome Back!

Login to your account below

Create New Account!

Fill the forms bellow to register

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.