O‘zbekiston delegatsiyasi “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumida ishtirok etdi

2021-yil 30-noyabr kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 14-hamkorlik forumida ishtirok etdi.

 

Bu galgi forumda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, yashil iqtisodiyot, uglerod neytralligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash va raqamlashtirish sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘yicha mamlakatimizning istiqbollari yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon qildi. Xususan, iqlim muammolariga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston tomoni “yashil” kun tartibini ilgari surish va iqlim o‘zgarishi jarayonlarini jilovlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarda faol ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Mintaqa iqtisodiyotining uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish taklifi bildirildi.

Pandemiyaga qarshi kurashish, jumladan, vaksinalar ishlab chiqarish, ularning barchaga qulayligi, adolatli taqsimlanishi va emlash sertifikatlarining tan olinishini ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtirishni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Raqamlashtirish sohasida tajriba almashish va innovatsion ishlanmalarni almashish uchun ekspertlar va IT-mutaxassislari uchun doimiy platforma yaratish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

 

2022 yilda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lishini inobatga olib, ushbu muhim sanani birgalikda nishonlash dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Forum yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chon Iy Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Document

Welcome Back!

Login to your account below

Create New Account!

Fill the forms bellow to register

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.