O‘zbekiston va Misr AKT sohasida o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qilmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov kecha Misr elchisi Amira Fahmi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasida AKT, shu jumladan, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-taʼlim sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Vazir O‘zbekiston va Misr o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik istiqbolli ekanini taʼkidladi.

Misr elchisi O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berib, kelgusida ikki davlat o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirishga eʼtibor qaratishini maʼlum qildi.

Muloqotda tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Misr o‘rtasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etish zarurligini qayd etdi.

Document

Welcome Back!

Login to your account below

Create New Account!

Fill the forms bellow to register

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.