Buxorolik fermerning plastigidan 51 mln. so‘m o‘g‘irlandi

2020-yil aprel oyida 35 yoshli J.Sh., ATIB “Agro bank” Buxoro filiali tomonidan fermer xo‘jaligiga berilgan plastik kartani mineral o‘g‘itga pul ko‘chirish maqsadida fermer xo‘jaligi rahbari 44 yoshli J.A.,dan olib, plastik kartadagi 15 mln. so‘m pullarni mineral o‘g‘itlar shaxobchasi hisob raqamiga o‘tkazib, plastik kartani o‘zida saqlab kelgan holda 2020 yil 01 may kunidan 2020 yil 27 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, J.A.,ning ruxsatisiz plastik kartadagi jami 51.340.000 so‘m pullarni yashirin ravishda bankomatdan naqdlashtirib olish orqali o‘g‘irlab, jabrlanuvchi J.A.ga moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan J.Sh.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “B” bandi (o‘g‘irlik, ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Document

Welcome Back!

Login to your account below

Create New Account!

Fill the forms bellow to register

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.