Home Koronavirus ​OʼRVI: Ota-onalar qaysi holatlarda eng koʼp xatoga yoʼl qoʼyadi?

​OʼRVI: Ota-onalar qaysi holatlarda eng koʼp xatoga yoʼl qoʼyadi?

0

Tibbiy madaniyat har bir inson uchun nihoyatda zarur. Аyniqsa, ota-onalar, bola parvarishi bilan shugʼullanuvchilar sogʼlom turmush kechirish shartlarini yaxshi bilishlari kerak.

— Baʼzi ota-onalar farzandining harorati koʼtarilib, burni oqib, unda tumov belgilari kuzatila boshlasa, darhol dorixonaga yugurib, oʼzboshimchalik bilan bolasiga antibiotiklar beradi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya tibbiyot ilmiy-amaliy markazi boʼlim mudiri Manzura Boltaboeva. — Lekin OʼRVIda ham, grippda ham antibiotiklar yordam bermaydi.

Аksincha, juda ogʼir asoratlarga olib kelishi mumkin. Masalan, ichak disbakteriozini keltirib chiqaradi. Baʼzi antibiotiklar esa jigarga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Shu sababli ota-onalarga shifokor tavsiyasisiz farzandlariga antibiotik bermaslikni doimo uqtirib kelamiz.

Mutaxassisdan OʼRVIga chalingan bolalarni qanday vaziyatda uy sharoitida davolash mumkin, qaysi holatda esa “Tez yordam”ga murojaat qilish lozimligi haqida soʼraymiz.

— Bemor bolaning holatiga ota-onasi juda eʼtiborli boʼlishi kerak, — deydi M. Boltaboeva. — Аgar bolada pnevmoniyaning ilk belgilari kuzatilsa, shifoxonada davolanish tavsiya etiladi.

Shuningdek, shifokor ota-onalar tomonidan oʼzboshimchalik bilan amalga oshiriladigan notoʼgʼri muolajalar asoratlari haqida ham toʼxtalib oʼtdi.

— Harorati baland bolaning tomogʼini yod yoki zelyonka bilan artish koʼpchilik yoʼl qoʼyadigan katta xatolardan biri, — deydi pediatr. — Chunki OʼRVIga chalingan bolaning shilliq qavati juda nozik, buning ustiga, virusdan yalligʼlangan va shishgan boʼladi.

Аgar yuqorida aytilgan surtmalar bilan ishlov berilsa, shilliq qavat jarohatlanib, shish kattalashib, loringit yuzaga kelishi va boshqa asoratlar kuzatilishi mumkin.

Tana harorati koʼtarilganda paratsetamol berish tavsiya etiladi. Аmmo baʼzi ota-onalar tibbiyotdan yaxshi xabardor boʼlmagan qoʼshnisini chaqirib, analьgin, dimedrol, novokain qoʼshib mazkur aralashmani isitma tushirishda qoʼllashadi.

Bu mutlaqo mumkin emas. Birinchidan, analьgin qonni suyultirib yuboradi. Dimedrol esa bolada yoʼtal paydo boʼlgan, bronxlari torayib qolgan paytda asoratlarni yanada kuchaytiradi.

Bundan tashqari, allergik yoʼtal, astma, yuqori nafas yoʼllarining yalligʼlanishi kuzatilayotgan bolalar bor xonalarda isiriq tutatish yanglish xatti-harakatdir. Chunki tutun bola organlari spazmini koʼpaytirib, yoʼtalni yanada kuchaytirishi mumkin.

Sogʼliqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati.

Previous articleO’zbekistonning eng kuchli para taekvondochilari aniqlandi
Next articleXorazmda sayyoh-iste’molchilar muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilinmoqda

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here