Xalqaro kuzatuvchi, Pokiston global strategik tadqiqotlar markazi direktori Said Holid Amir Jafferi 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligi mamlakat tarixida qolishini ta‘kidladi.
“Ertalabdan fuqarolar uchastkalarga oshiqqanini kuzatdik. Soat 9 da saylov uchastkasiga bordim va ovoz berish jarayonini bevosita kuzatdim.
Ushbu saylov O‘zbekistonning demokratik davlat ekanini yaqqol ko‘rsatdi. Saylov uchastkalarida yaratilgan imkoniyatlar menda ijobiy taassurot qoldirdi, uchastka xodimlari ham o‘z ishini aʼlo darajada bajardi.
O‘ylaymanki, bu saylov O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrini boshlab bergan muhim voqea sifatida muhrlanib qoladi”, dedi Said Holid Amir Jafferi.