Home O'zbekiston Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Afgʻonistondagi hozirgi vaziyatga bagʻishlangan brifingda ishtirok...

Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Afgʻonistondagi hozirgi vaziyatga bagʻishlangan brifingda ishtirok etdi

0

Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev NATOning Bryusseldagi bosh qarorgohida Afgʻonistondagi hozirgi vaziyatga bagʻishlangan brifingda ishtirok etdi.

I.Irgashev oʻz nutqida Afgʻoniston Oʻzbekiston uchun qoʻshni birodar mamlakat ekanligini, bizni koʻp asrlik doʻstlik rishtalari, mushtarak tarix, din, urf-odat va anʼanalar bogʻlab turishini alohida taʼkidladi.

Mamlakatimiz Afgʻonistonga nisbatan oʻzaro hurmat, teng huquqlilik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan doʻstona siyosat olib borayotgani alohida qayd etildi.

Xalqaro hamjamiyatning “Tolibon” harakati bilan konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish, ularning qayta yakkalanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik afgʻon xalqi va butun jahon hamjamiyatining manfaatlari yoʻlida muhimligi alohida taʼkidlandi.

NATOga aʼzo davlatlarning barcha doimiy vakillari istisnosiz Oʻzbekistonga oʻz fuqarolarini Afgʻonistondan evakuatsiya qilishda koʻrsatayotgan yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.

Ishtirokchilar eʼtibori butun xalqaro hamjamiyat uchun ustuvor vazifa Afgʻonistonni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga yanada faolroq jalb etish, shuningdek, afgʻon xalqiga favqulodda insonparvarlik yordam koʻrsatish boʻlib qolishi zarurligiga qaratildi.

Previous articleO‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili NATO bosh qarorgohida brifing o‘tkazdi
Next articleSud hujjatlari matnini til toʼgʼrisidagi qoidalarga amal qilgan holda tayyorlash darkor

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here