Home O'zbekiston Samarkandda fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Samarkandda fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

0

Samarkand viloyati Ishtixon tumanida fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi, deya xabar berdi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Ishtixon tumani elektr taʼminoti korxonasi xodimi R.T. fuqaro X.ga nisbatan tuzilgan dalolatnomani hamda elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berish va maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Previous articleAyni kungacha mamlakatimizda jami 29 million 454 ming dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi
Next articleAngliya terma jamoasi 1908-yildagi daxshatli rekordini yangiladi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here