Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida 45 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,9 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 2,7 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.
Oyoq kiyimlari importi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 mln. АQSh dollariga oshgan.
2021-yilning 9 oyida Oʼzbekiston oyoq kiyimlarini eng koʼp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 4,4 mln.
Turkiya – 2,8 mln.
Vetnam – 756,5 ming
Rossiya – 397,5 ming
Italiya – 331 ming
Chexiya – 229,2 ming
Indoneziya – 180,5 ming
Hindiston – 114,1 ming
Qirgʼiz R. – 99,5 ming
Ispaniya – 77,7 ming
Portugaliya – 60,9 ming АQSh dollari