Home O'zbekiston O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va USAID maʼmuri telefon orqali muloqot chog‘ida hamkorlikdagi...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va USAID maʼmuri telefon orqali muloqot chog‘ida hamkorlikdagi ustuvor dastur hamda loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

0

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov  kecha AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) maʼmuri Samanta Pauer bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan USAID o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, ustuvor dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 Tomonlar sog‘liqni saqlash, taʼlim, qishloq xo‘jaligi, sud-huquq tizimini takomillashtirish kabi sohalardagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

 Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, mamlakatda insonparvarlik inqirozni oldini olish maqsadida insonparvarlik yordamini ko‘rsatish, xalqaro hamjamiyatning bu boradagi saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz,  shu yilning 21-sentyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH USAID rahbari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan onlayn muzokaralar  chog‘ida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash, taʼlim, qishloq xo‘jaligi sohasidagi dasturlarni amalga oshirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, O‘zbekistonning COVID-19ga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishilgan edi.

Previous articleBektemir Meliqo‘ziyev Abdumalik Xalakov haqida fikr bildirdi
Next articleOʼzbekiston 9 oyda qancha benzin import qilgani maʼlum boʼldi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here