Home O'zbekiston Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

0

Dunyodagi barcha mamlakatlar taraqqiyotiga salbiy taʼsir etayotgan muammolardan biri korrupsiya hamda jinoyatchilik. Eʼtiborli jihati shundaki, jinoyatning bu turi uchun dunyo boʻylab jazo muqarrarligi taʼminlanmoqda. “Korrupsiya va jinoyatchilik” ni hech ikkilanmay “Taraqqiyot kushandasi” deb atash mumkin.

Bugun «Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti fakultetida ham aynan shu mavzuga oid tadbir boʻlib oʻtdi. Unda fakulteti dekani A.Isakov, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini A.Mutalov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Malaka oshirish instituti maxsus fanlar sikli katta oʻqituvchilari podpolkovnik Ulugʻbek Tuymobayev, podpolkovnik Oʻtkir Gulmatov hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Biz, kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo oʻzimizni oʻzimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyaning har qanday koʻrinishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurdir. Shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini taʼminlash, korrupsiyaning holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish hamda tahlil etib borilayotganligi boʻyicha ham bir qator tushunchalar berildi. Jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan amaliy harakatlar, bayramlarda ichib jinoyat sodir qilgan talabalar haqida hayotiy misollar bilan aytib oʻtdilar.

Tadbir qizgʻin savol-javoblar va munozaralar asosida oʻtdi. Jinoyatning xillari koʻp boʻlgani kabi uning ildiz va shoxlari ham bisyor. Uni jilovlash taraqqiyparvar xalqlarning orzusi. Shunday ekan bunday yoʻsindagi tadbirlar muhim ahamiyatga egadir.

IIV Malaka oshirish instituti

Previous articleJSST yangi virus paydo bo‘lishini prognoz qildi
Next articleBuxorolik paxtakorlar paxta rejasini bajardi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here