37 C
Tashkent
Wednesday, June 29, 2022
Home O'zbekiston Markaziy Osiyo Kobulni elektrsiz qoldirishi mumkin

Markaziy Osiyo Kobulni elektrsiz qoldirishi mumkin

0

Kobul elektr energiyasi yetkazishdagi uzilishlar oqibatida gumanitar falokatga duch keladi. Bu haqda Afg’oniston davlat energetika korporasiyasi sobiq rahbari Daud Nurzayga tayanib, «Sputnik» xabar berdi.

Uning so’zlariga ko’ra, hozir Kobulda elektr energiyasi bilan bog’liq muammolar sezilmayapti, lekin qish kelishi bilan vaziyat keskin yomonlashishi mumkin. «Markaziy Osiyodan elektr energiyasini yetkazib beruvchilar ‘Tolibonʼ ularga hisob-fakturalarni to’lamagani uchun resurslarni yetkazib berishni to’xtatishi mumkin», — degan Nurzay.

Ta‘kidlanishicha, Afg’oniston 2021-yilda qurg’oqchilikka uchradi, bu gidroenergetika resurslarining kamayishiga olib keldi. Shu bois Kobuldagi gumanitar falokat butun respublikani qamrab olishi qayd etilgan. Ma‘lumot uchun, Afg’oniston milliy energiya tizimiga ega emas, mamlakat foydalanadigan elektr energiyasining yarmini Tojikiston, O’zbekiston va Turkmaniston yetkazib beradi.

Previous articleRossiyada birinchi marta gipertovushli raketa sinovdan o’tkazildi
Next articleRuminiyalik milliarder o’zi boshqargan samolyotda halokatga uchradi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here