19 C
Tashkent
Friday, September 30, 2022
Home Jahon Afg’onistonda giyohvand moddalar narxi keskin oshdi

Afg’onistonda giyohvand moddalar narxi keskin oshdi

0

Ma‘lum qilinishicha, giyohvand modda narxi uch barobardan ko’proqqa oshgan. Mahalliy sotuvchilar hozirda bir kilogramm geroinni 25 mingga yaqin Pokiston rupiysida (146 dollar) sotayotganini aytib o’tgan. Shuningdek, ular oldingi hukumat davrida bu narx 7,5 ming rupiydan (44 dollar) oshmaganini aytgan.

Sotuvchilarning ta‘kidlashicha, ko’knori narxining tez ko’tarilishi kelajakda giyohvand moddalar yetishmovchiligiga olib keladi. Ma‘lumot uchun, «Tolibon» harakati dehqonlarga ko’knori yetishtirishni taqiqlagandi. «Tolibon» mazkur o’simlik o’rniga za‘faron yetishtirishni maslahat bergan. Toliblarning bu buyrug’i odamlarga yoqmagan. Ularning fikricha, agar ular ko’knori yetishtirishdan to’xtasa, tez orada ochlikdan o’ladi.

«Agar ‘Tolibon’ ko’knori yetishtirishni taqiqlasa, odamlar ochlikdan o’ladi, ayniqsa, xalqaro yordam to’xtagan paytda. Biz hali ham ularning ko’knori yetishtirishga ruxsat berishiga umid qilamiz. Chunki bundan olgan daromadimizni hech narsa qoplay olmaydi», — degan Uruzgan viloyati fermerlaridan biri.

Previous articleSurxondaryoda bir ayol ikkinchisini kaltakladi
Next articleNamanganda Qozog’iston fuqarosi YTH oqibatida halok bo’ldi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here