Home O'zbekiston “Xalifalik” davlatini qurish g‘oyalarini targ‘ib qilganlar ushlandi

“Xalifalik” davlatini qurish g‘oyalarini targ‘ib qilganlar ushlandi

0

Bugun huquqni muhofaza qiluvchi idoralari Olmazor, Uchtepa, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 nafar “Hizb-ut Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazilib, gumonlanuvchilar ushlandi va qamoqqa olindi.

“Tahrirchilar”ning barchasi 1980-yilda tug’ilgan Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning g‘oyaviy taʼsiri ostida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelganlar.

“R.U.” va uning jinoiy aloqalari internet orqali Ukraina davlatida yashirinib kelayotgan 1980-yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, “Maxmud Abdulmo‘min” taxallusli – Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich bilan aloqa o‘rnatib, uning maʼruzalari va “Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkiloti materiallarini aholi orasida tarqatish hamda uning ko‘rsatmalari asosida “tahrirchilar” safiga yangi aʼzolarni yollash bilan shug‘ullanib kelgan. Shuningdek, ular respublikada “Xalifalik” davlatini qurish to‘g‘risidagi g‘oyalarni doimiy ravishda targ‘ib qilishgan.

Shaxslarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining adabiyotlari va materiallari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Ichki ishlar vazirligi Sizlarni ogohlantiradi. “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti safida faoliyat qilish, g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga “Maxmud Abdulmo‘min” taxallusi bilan yo‘g‘rilgan maʼruza va materiallarni saqlash hamda tarqatish jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

O‘zingizni va farzandlaringizni “Hizb-ut Tahrir” va boshqa ekstremistik tashkilotlar safiga qo‘shilib qolishidan asrang!”, – deb ogohlantirgan IIBB.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Previous articleToshkentda 31 nafar fuqaroning pullarini aldov yo’li bilan qo’lga kiritgan MChJ rahbari aniqlandi
Next articleO‘zbekistonda yangi tashkil etilgan korxonalar soni 3,2 barobarga oshdi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here