Toshkent shahar Olmazor tumanida 25 fevral kuni 56 yoshli erkak va uning o‘g‘lini kaltaklagan 3 erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, A.Yu. ismli erkak ukasi X.Yu. va M.M. bilan mashinada harakatlanib ketayotganda “Jiguli” avtomobilini siqib to‘xtatgan. Shuningdek, ular yo‘l talashib, mashinadagi 56 yoshli erkak va uning o‘g‘lini nomaʼlum jism bilan kaltaklagan. Oqibatda jabrlanuvchilarga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida A.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi bilan 2 yil ozodlikdan mahrum qilish, H.Yu.ga 2 yil ozodlikni cheklash va M.M.ga 105-modda (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.