Yurtimizning baxshichilik san’atini respublika va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, mahoratli baxshilarni saralab olish maqsadida joriy yilning 12-14 sentyabr kunlari Nukus shahrida baxshilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov tashkil etiladi.
Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini respublikaning boshqa hududlarida ham o‘tkazish maqsadida ikkinchi Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish joyi etib Nukus shahri belgilandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Madaniyat vazirligi mutasaddilari ma’lum qildi.
Mazkur tadbirda ilmiy-amaliy konferensiyalar, xorijiy va O‘zbekiston san’ati ustalari hamda baxshi-shoirlar konsertlari o‘tkaziladi. Shuningdek, sayllar, baxshichilik san’ati tarixiga oid ko‘rgazmalar tashkil etiladi hamda o‘zbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etiladi.