Mahmud Murodov UFC’dagi ilk magʻlubiyatini amerikalikdan qabul qilib oldi.
AQShning Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi boʻlib oʻtdi.
Unda oʻzbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov amerikalik Jerald Mirshertga qarshi jang qildi.
Jangning dastlabki raundi Murodovning katta ustunligida oʻtdi. Ammo ikkinchi raundda Mirshert boʻgʻish usulini
qoʻllab, Murodovni muddatidan avval taslim etdi.
Shu tariqa oʻzbekistonlik jangchi UFC’dagi ketma-ket uch gʻalabadan keyin ilk magʻlubiyatini qabul qilib oldi.