Home O'zbekiston Tezkor xabar! SSV: MUSTAQILLIK BAYRAMI TADBIRLARINI OʻTKAZISH TARTIBLARI BELGILANDI

Tezkor xabar! SSV: MUSTAQILLIK BAYRAMI TADBIRLARINI OʻTKAZISH TARTIBLARI BELGILANDI

0

Soʻnggi kunlarda yurtimizda koronavirus bilan kasallanish koʻrsatkichlari nisbatan barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami tadbirlarini koʻtarinki ruxda oʻtkazish maqsadida Koraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va koʻngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar maʼqullandi.

Mustaqillikning oʻttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazishni taʼminlashga masʼullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni taʼminlash shartligi belgilandi.

Shu oʻrinda Sogʻliqni saqlash vazirligi bayram tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlarda, shuningdek, tashkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, koʻngilochar muassasalarda niqobda boʻlish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini oʻlchash amaliyotlariga rioya etilishini soʻrab qoladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Previous articleSurxondaryoda ikki oylik chaqalog’ini 6 mln so’mga sotayotgan ayol ushlandi — video
Next articleTo’rtko’lda avtomashinada «geroin» giyohvand moddasini olib yurgan shaxs qo’lga olindi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here