Home Madaniyat Chilonzor tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlandi

Chilonzor tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi DXX bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi “G.” MCHJga qarashli dorixonaning norasmiy sotuvchisi F.E. xaridorga 2 dona “Regapen”, 1 donadan “Selofen” hamda “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini jami 180 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari boʻlmagan 114 dona “Regapen”, 107 dona “Selofen”, 92 dona “Zardeks”, 68 dona “Tebantin” va 9 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Previous articleO’zbekistonda yana bir dala o’quv maydoni foydalanishga topshirildi
Next articleTez orada Toshkent metro bekatlarida barcha aloqa kompaniyalari va bepul WI FI ishlay boshlaydi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here