Home Shou-biznes To’yxonadan uygacha yetolmadi

To’yxonadan uygacha yetolmadi

0

2021-yil 30-iyul` kuni Shahrisabz shahar “Zingiron” MFYda yashovchi I.Z. qarindoshi, Shahrisabz shahar “Choshtepa” MFYda yashovchi N.B. bilan to’yga boradi. To’ydan yaxshigina qizib chiqqan qarindoshlar soat 23:30larda savdo do’koniga kirib suv olib chiqib, do’kon oldida turgan Shahrisabz shahar “Choshtepa” MFYda yashovchi M.U. va Shahrisabz tumani Chuqun qishlog’ida yashovchi A.Sh. bilan o’zaro janjallashib qolishgan.

Natijada janjal vaqtida M.U. yonida bo’lgan pichoqni I.Z. ni chap ko’krak sohasiga bir marotaba sanchib olgan. Natijada, I.Z. tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan. Ayni kezlarda Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Previous articleGiyohvandlar qoʻlga olinib, jazoga tortildi
Next articleQarovsiz qoldirilgan uydan tilla taqinchoqlar o’g’irlab ketildi

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here