Home Shou-biznes Vaksinatsiya boʻyicha rekordlar: yurtimizda kunlik emlashlar 300 ming dozadan, jami qoʻllangan vaksinalar...

Vaksinatsiya boʻyicha rekordlar: yurtimizda kunlik emlashlar 300 ming dozadan, jami qoʻllangan vaksinalar 8 million dozadan oshdi

0

Vaksinatsiya boʻyicha rekordlar: yurtimizda kunlik emlashlar 300 ming dozadan, jami qoʻllangan vaksinalar 8 million dozadan oshdi, Fargʻona va Namangan viloyatlari million dozalik marrani zabt etdi
2-avgustda mamlakatimiz hududlari boʻylab 327 628 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 243 493 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 63 521 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 20 614 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 8 009 376 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 5 231 451 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 1 992 981 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 784 944 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 1 232 807 nafarni tashkil qilmoqda.

2-avgust kunidagi emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:
Surxondaryo viloyati (45 849 doza),
Andijon viloyati (35 948 doza),
Toshkent viloyati (32 780 doza),
Fargʻona viloyati (32 260 doza),
Namangan viloyati (31 860 doza) band qildi.

Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:
Fargʻona viloyatida 1 016 629 doza,
Namangan viloyatida 1 008 929 doza,
Andijon viloyatida 889 893 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Previous articleNOQONUNIY KARYERLAR QACHON NAZORATGA OLINADI?
Next articleLNS bilan oddiylikdan investorlikkacha birgalikda go’zal hayot sari qadam bos!

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here